» » “Real” kelasi hafta Yovich transferini e’lon qiladi

“Real” kelasi hafta Yovich transferini e’lon qiladi


“Real” serbiyalik Luka Yovich transferi bo‘yicha ishlarini kelasi hafta yakunlaydi, deb yozmoqda AS.

“Ayntraxt F” hujumchisi kelasi hafta “Real” o‘yinchisiga aylanadi. Avvalroq Madrid klubi 21 yoshli hujumchi uchun 60 million yevro to‘lashi ko‘zda tutilgandi.

Qayd etilishicha, “Real” Bundesligada mavsum yakunlanishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, “Ayntraxt F” 18-may kuni so‘nggi 34-turda “Bavariya” bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Yovich joriy mavsum Bundesligada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. bundan tashqari u Yevropa Ligasida 14 ta bellashuvda 10 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют