» » Apple Toshiba yarim o‘tkazgichlar va xotira qurilmalari biznesini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Apple Toshiba yarim o‘tkazgichlar va xotira qurilmalari biznesini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda


Apple Westinghouse Electric bo‘linmasi zarar ko‘rib ishlayotgani sababli inqirozda bo‘lgan Yaponiya Toshiba kompaniyasi yarim o‘tkazgichlar va xotira qurilmalari biznesini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi. 

NHK telekanaliga ko‘ra, Apple 1-aprel kuni tuzilgan Toshiba Memory’ning 20 dan 30 foizgacha bo‘lgan aksiyalarini xarid qilishi mumkin. Kelishuvning aniq summasi hozircha belgilanmagan.

AQSh korporatsiyasi mazkur xarid chiqarayotgan mahsulotlari, jumladan, iPhone smartfonlarida faol qo‘llanadigan yarim o‘tkazgichlarning barqaror ishlab chiqarish bazasini ta’minlashga imkon berishiga umid qilmoqda. 

Shuningdek, Toshiba Memory sotilishi bo‘yicha kelishuvda ishtirok etishga SK Hynix (Janubiy Koreya) va AQShning Broadcom hamda Western Digital kompaniyalari ham da’vogarlik qilayotgani bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют