» » Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, transport harakati uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra birinchi navbatda tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishiga ruxsat berilgan.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlari tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi.

Shuningdek, quyidagi tashkilotlar xodimlari mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanishi mumkin:

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

Quyidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga xizmat vazifasini bajarishda tegishli shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishga ushbu tashkilotlar tomonidan ruxsat beriladi (ofitser tarkibidagi xodimlarga ruxsat talab qilinmaydi). Ruxsatnomada avtotransport vositasining belgilari ko‘rsatiladi. Mazkur ruxsatnoma xizmat (harbiy) guvohnomasi bilan ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi:

Bunda:

— vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;

— vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlari kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi.

Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ruxsatnoma quyidagi avtotransport vositalariga beriladi:

Adliya vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning tegishli murojaatnomasiga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi:

Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bo‘yicha izoh:

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют