» » Italiyalik shifokor tibbiyot xodimlari qanday qilib koronavirus yuqtirib olayotganini aytib berdi

Italiyalik shifokor tibbiyot xodimlari qanday qilib koronavirus yuqtirib olayotganini aytib berdi


Italiyaning Rim shahridagi Nuova clinica Annunziatella kasalxonasining koronavirusga chalinganlarni davolash bo‘limi boshlig‘i Massimiliano Brunolo shifokorlar qanday qilib COVID-19’ni yuqtirib olishi mumkinligi haqida gapirib berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Uning aytishicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga yordam beruvchi shifokorlar himoyalanish uchun zarur vositalarga ega va juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilsa ham koronavirus yuqtirib olishi mumkin.

“Bizning ishimizda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi mumkin, masalan, traxeya intubatsiyasi paytida. Bu odatda og‘ir ahvoldagi bemorlarga yordam berish paytida sodir bo‘ladi. Bunday hollarda virus bilan bevosita aloqa qilmaslik juda qiyin. Xatar doim bo‘ladi va biz, shifokorlar, hech qachon qo‘rqmaymiz desam, mubolag‘a bo‘ladi. Shunga qaramay biz o‘z vazifamizni bajarib, odamlarga yordam beramiz”, — degan u.

“Buning sababi ishimizni astoydil bajarishimiz, avval bemor, keyin o‘zimiz haqimizda o‘ylashimizdir”, — deya qo‘shimcha qilgan shifokor.

Eslatib o‘tamiz, Italiya koronavirusga chalinganlar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turibdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 11 591 kishiga yetdi, kasallar soni esa 100 ming kishidan oshdi.

Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya davomida 8 358 nafar italiyalik tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib olgan, ulardan 63 nafari vafot etgan.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 859 mingdan, vafot etganlar esa 42,3 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют