» » Monako knyazida koronavirus infeksiyasi topildi. U COVID-19 ni yuqtirib olgan birinchi davlat rahbari

Monako knyazida koronavirus infeksiyasi topildi. U COVID-19 ni yuqtirib olgan birinchi davlat rahbari


Monako knyazi Alber II koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda knyaz saroyining rasmiy bayonotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, knyazning sog‘lig‘i uchun xavf mavjud emas. U shifokor va mutaxassislar nazorati ostida turibdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, knyaz Alber o‘z uyidagi ofisida ish faoliyatini davom ettirmoqda. U o‘z ma’muriyati, hukumat a’zolari bilan, shuningdek, o‘zining yaqin xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Knyaz oilasining boshqa a’zolari koronavirus yuqtirib olganligi haqida ma’lumot berilmagan.

13-mart, juma kuni, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi Greguar-Tryudoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bosh vazir Jastin Tryudo o‘zini yaxshi his qilayotganini, unda koronavirus alomatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. Bosh vazir rafiqasi bilan birgalikda 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.

Shuningdek, 13-mart kuni Braziliya ommaviy axborot vositalari prezident Jair Bolsonaruning koronavirus testi ijobiy natija berganini xabar qildi. Ammo keyinchalik Bolsonaru bu xabarlarni rad etib, u koronavirus yuqtirmaganini aytdi. 18-mart, chorshanba kuni, Braziliya prezidentining ikkinchi tekshiruvi unda koronavirus mavjud emasligini ko‘rsatdi. Biroq Braziliya Senati raisi Davi Alkolumbre koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi kongressmen aniqlandi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют