» » Kanada bosh vaziri rafiqasi bilan koronavirusga tekshirilganidan keyin uydan turib ishlashga o‘tdi

Kanada bosh vaziri rafiqasi bilan koronavirusga tekshirilganidan keyin uydan turib ishlashga o‘tdi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va uning rafiqasi Sofi, ayolda o‘tkir respiratorli kasallikning yengil simptomlari kuzatilganidan keyin o‘z uylarida karantinda bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. Bu haqda mamlakat administratsiyasiga asoslanib “RBK” xabar qilgan.

CTV telekanali, Tryudoning rafiqasidan COVID-19 bo‘yicha qon tahlili olingani, lekin hali natijalar ma’lum qilinmaganini qayd etgan.

Bosh vazir ma’muriyatining bayonotida, Tryudoda kasallik alomatlari yo‘qligi, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning o‘zi uydan turib ishlashga o‘tishni ma’qul ko‘rgani aytiladi.

Global News nashrining yozishicha, Tryudo uydan turib telefon orqali muzokaralar olib boradi va dunyo siyosati yetakchilari bilan “virtual uchrashuvlar” ham o‘tkazadi. Bundan tashqari u koronavirusga bag‘ishlangan Kanada hukumatining maxsus majlisini ham masofadan turib o‘tkazadi. Tryudo 12—13-mart kunlari o‘tkazishi rejalashtirilgan uchrashuvlar, jumladan, Kanada provinsiyalarining rahbarlari bilan tadbirlar boshqa muddatga qoldirilgan.

Kanada jamoatchilik sog‘liqni saqlash agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 12-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 103 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning asosiy qismi Ontario va Britaniya Kolumbiyasi provinsiyalarida (mos ravishda 42 ta va 39 ta holat) kuzatilgan.

Mavzuga doir: 

COVID-19 koronavirusi tufayli Niderlandiya va Chexiyada futbol chempionatlari to‘xtatilgan, Olimpiada mash’alasining yoqilish tadbiri 1984-yildan beri ilk bor muxlislarsiz o‘tkazilgan. Kanadaning qo‘shnisi AQSh hukumati koronavirus sabab Yevropadan keluvchilarga vaqtincha taqiq qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют