» » 18 yil avval olingan surat sabab irqchilikda ayblangan Kanada bosh vaziri kechirim so‘radi

18 yil avval olingan surat sabab irqchilikda ayblangan Kanada bosh vaziri kechirim so‘radi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 2000-yillar boshida o‘zi ishtirok etgan oqshom tadbirlarining birida oq salla o‘ragan va yuzini qora rangda grimm qilgan holda ertak qahramoni Olovuddin qiyofasida suratga tushgani uchun kechirim so‘radi, deb yozmoqda Meduza.

Ushbu fotosurat Time jurnali tomonidan chop etilgandi. Nashrda qayd etilishicha, fotosurat 2001-yilda Tryudo dars bergan Vankuver shahrida “Arab kechalari” nomli yopiq oqshom tadbirida olingan.

Surat nashr etilgach Kanada parlamentining oppozitsion vakillari Tryudoni irqchilikda aybladi.

Bosh vazir mahalliy telekanallar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda Galifaks aeroportidagi o‘z samolyoti bortidan turib kechirim so‘radi. Tryudoning aytishicha, 18 yil avval ushbu ko‘rinish sabab uni irqchilikda ayblashlarini xayoliga ham keltirmagan.

Bo‘lgan ishdan juda afsusdaman, o‘shanda bu haqda yaxshiroq o‘ylashim kerak bo‘lgan ekan.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют