» » Alvido malika: Megan Marklning qirollik oilasi vakili sifatidagi eng chiroyli 10 obrazi

Alvido malika: Megan Marklning qirollik oilasi vakili sifatidagi eng chiroyli 10 obrazi


Megan Markl shahzoda hayotiga kirib kelgach, nafaqat Garrining, balki qirollik oilasi hayotining ham tartib-qoidalari o‘zgarib ketdi. Uning kiyinish uslubi va liboslari esa OAV hamda moda ixlosmandlari e’tiborini tortmay qolmadi. Quyida malikaning eng esda qolarli obrazlarini havola etamiz.

1. 36 yashar Megan Markl, The Line’ning oq paltosida ilk marta OAV Britaniya shahzodasining bo‘lajak rafiqasi sifatida ko‘rinish bergandi. Palto ichidan Parosh brendidan to‘q-yashil rangli ko‘ylak hamda Aquazzurа’dan taxminan 700 dollarlik och jigarrang tufli kiygan.

2. Juftlik turmush qurganidan keyin Megan ilk bor Royal Ascot ot musobaqasida Givenchy’dan oq ko‘ylakda namoyon bo‘lgan. Obraz qora aksessuarlari bor oq shlyapa bilan yanada mukammal ko‘ringan.

3. Viktoriya saroyidagi Gamilton shousiga malika Judith&Charles’dan kalta qora ko‘ylakda, uchli tufli va klatch bilan borgan va turli mulohazalarga sababchi bo‘lgan. Chunki uning ushbu ko‘rinishi qirollik oilasi kiyinish qoidalariga to‘g‘ri kelmasdi.

4. Sentebale musobaqasini tomosha qilish uchun Megan, Carolina Herrera’dan to‘q ko‘k rangli ko‘ylak kiyishni joiz deb bilgan J.Crew’dan klatch, Aquazzura’dan tufli va Tom Ford’dan quyoshdan saqlovchi ko‘zaynak obrazni yanada takomillashtirgan.

5. Dublinda Britaniya elchixonasi tomonidan uyushtirilgan kechki bazmda gersoginya Emilia Wickstead’dan taxminan 2640 dollarlik qora ko‘ylak kiygan. Shuningdek, Birks’dan 3475 dollarlik brilliant zirak, Aquazzura’dan 750 dollarlik tufli va Givenchy’dan 1190 dollarlik klatch bilan birgalikda obraz uchun jami 8855 dollar sarflangan.

6. Garrining jiyani shahzoda Luining cho‘qintirish marosimiga Megan, Ralph Lauren’dan zaytun rangli ko‘ylakStephen Jones shlyapasi va Manolo Blahnik tuflisida tashrif buyurgan.

7. Ushbu surat Megan Markl va Keyt Middltonni Uimbldon tennis musobaqasining final bosqichini tomosha qilish uchun borganida olingan. Unda Megan, Ralph Lauren’dan ko‘ylak va keng oq shim kiygan.

8. 2018-yil Britaniya qirolichasi Queen’s Young Leaders mukofotini egalariga topshirish marosimida, Megan tanlovi Prada’ning och jigarrang ko‘ylagi va Aquazzura tuflisida to‘xtagan.

9. Givenchy’dan midi uzunligidagi ko‘ylak va Sarah Flint tuflisini kiygan holda malika Megan ilk marta Yelizavetta I ni safarga kuzatgan.

10. Vestminister abbatligida Qirollik havo kuchlarining 100 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatda Megan Dior’dan qora bejirim ko‘ylak, och jigarrang klatch va tufli kiyishni maqqul topgan. Stephen Jones shlyapasi va Cartier’ning brilliant ziragi esa obrazni yanada jozibador qilib ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют