» » YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshladi

YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshladi


YouTube qisqa video foydalanuvchilari uchun yangi Shorts nomli servis yaratishni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu servis YouTube mobil dasturining bir qismiga aylanib, TikTok’ning raqobatchisiga aylanadi. Shorts joriy yil oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda, deb xabar beradi 3Dnews.

Shorts kichik hajmdagi videolarni YouTube kutubxonasidagi musiqiy kompozitsiyalar bilan birlashtirish va uni platformada e’lon qilish imkoniyatiga ega. Bu esa Shorts butun dunyoda mashhurlikka erishgan Xitoyning TikTok servisi kabi ishlashidan dalolat beradi.

YouTube rasmiylari hozircha ushbu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortmoqda. Ta’kidlanishicha, Facebook, Instagram va Snapchat kabi yirik ijtimoiy tarmoq segmenti vakillari TikTok’ning o‘sishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, biroq faqat YouTube’gina Xitoy servisiga raqobatchi bo‘lishga “jazm etgan” ko‘rinadi.

YouTube bosh direktori Syuzan Voychski intervyularining birida kompaniya qisqa videolarga mo‘ljallangan servisni ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida aytgan. Bundan kelib chiqadiki, YouTube TikTok’ning haqiqiy raqobatchisini yaratmoqda. Hozirda koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab odamlar uyda qolmoqda. Bu esa Shorts kabi servislar insonlar ovunchog‘iga aylanishi uchun yaxshi imkoniyat.

Mavzuga doir: TikTok O‘zbekistonda eng ko‘p yuklanayotgan mobil dasturlar Top-5 ligiga kirdi

Avvalroq Instagram ham TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi. 2016-yilning sentabr oyida ishga tushirilgan dastur Xitoyda qisqa videolar bo‘yicha yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют