» » FIFA prezidenti: “Koronavirusdan keyingi futbol avvalgidek bo‘lmaydi”

FIFA prezidenti: “Koronavirusdan keyingi futbol avvalgidek bo‘lmaydi”


FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus futbolga qanday ta’sir qilishi haqida fikr bildirdi.

“Futbol qaytadi va bu amalga oshganda biz birgalikda qo‘rqinchli tushning ortda qolganini nishonlaymiz.

Biroq bir jihatni siz ham, men ham bilib olishimiz kerak: futbol koronavirusdan keyin butkul boshqacha bo‘ladi.

U yanada ijtimoiyroq, yanada birlashtiruvchi va ommabop bo‘ladi. Futbolning globallashuvi ortadi, u balandparvozlikdan qochib samimiyroq bo‘ladi. Bu odamgarchilikni o‘rgatadi va biz chin qadriyatlarga yanada e’tiborliroq bo‘lamiz”, — deydi Infantino.

3-aprel holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirib olganlar soni 1 milliondan oshib ketdi. 212 mingdan ortiq kishi virusni yengib o‘tgan bo‘lsa, 53 mingdan ziyod qurbon berilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют