» » MLS’da ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatildi

MLS’da ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatildi


Futbol bo‘yicha AQSh oliy divizionida ilk bor koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi.

“Filadelfiya Yunion” futbolchisining tahlili COVID-19 virusiga ijobiy natija bergan. Ta’kidlanishicha, o‘yinchida yengil alomatlar sezilgan.

“Shuni ma’lum qilmoqchimizki, “Filadelfiya” o‘yinchisida koronavirus saniqlandi. Klub shifokorlari sog‘liqni saqlash tibbiyot vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikda ishlamoqda. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaxshi kayfiyatda bo‘lib turibdi. O‘yinchi muhim bo‘lgan izolyatsiya qoidalarini bajarmoqda. Klubdagi boshqa hech kimda virus aniqlanmagan", — deyiladi klub bayonotida.

Mavzuga doir: “Marsel” futbol klubi sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

2-aprel holatiga ko‘ra AQShda koronavirus yuqtirib olganlar soni 215 mingdan oshib ketdi (dunyoda 1-o‘rin). 5100 dan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют