» » “Yuventus” futbolchisi izolyatsiya qoidalarini buzdi. Klub prezidenti uni jazolaydi

“Yuventus” futbolchisi izolyatsiya qoidalarini buzdi. Klub prezidenti uni jazolaydi


“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta Braziliyada o‘zini izolyatsiya qilish qoidalarini buzdi va buning uchun turinliklar prezidenti Andrea Anyelli tomonidan jazoga tortilishi mumkin, deya xabar qilmoqda Daily Mail.

Kosta 21-mart kuni Italiyadagi karantindan chiqqan va Braziliyaga yo‘l olgandi. Biroq futbolchi vatanida o‘zini izolayatsiya qilish qoidalariga rioya qilmagan. Futbolchining sevgan qizi Instagram orqali birgalikdagi suratni e’lon qilgan.

Tez orada Kosta va pandemiya vaqtida Italiyani tark etgan boshqa futbolchilarning klubdagi taqdiri borasida “Yuventus” prezidenti qaror qabul qiladi.

Mavzuga doir: Paulo Dibala koronavirus yuqtirib oldi

Italiyada 27-mart holatiga koronavirus yuqtirib olganlan soni 80 mingdan oshib ketdi. 8200 dan ortiq kishi vafot etgan. Braziliyada esa COVID-19 virusiga yo‘liqqanlar 3 mingga yaqinlashib qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют