» » Italiya futbol federatsiyasi “Yuventus” prezidentini 1 yilga millionlar o‘yinidan chetlatdi

Italiya futbol federatsiyasi “Yuventus” prezidentini 1 yilga millionlar o‘yinidan chetlatdi


“Yuventus” futbol klubi prezidenti Andrea Anyelli chipta savdosidagi firibgarligi uchun 1 yilga futboldan chetlatildi. Bu qaror Italiya futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilindi.

Mamlakat prokuraturasi Andrea Anyellini chiptalar sotuvidagi qonunbuzarlik hamda ularning olibsotarlar qo‘liga chiqib ketishida aybdor hisoblagandi. Shundan kelib chiqib, prokuratura “Yuventus” prezidenti 2,5 yil futboldan chetda bo‘lishi kerakligi, shuningdek, 50 ming yevro miqdorida jarima ham to‘lashi shart ekanini talab qilgandi. “Yuventus”ning o‘zi esa 300 ming yevro jarima va 2 ta bellashuvni muxlislarsiz stadionda o‘tkazishga tayyorlanishi ko‘zda tutilgandi.

Italiya futbol federatsiyasi o‘z qarori bilan 1 yillik chetlatishni yetarli deb hisobladi. Mahalliy OAV 50 ming yevro haqida aytmagan. Biroq “Yuventus” klubi 300 ming yevro to‘lab beradi. Muxlislarsiz stadion borasida ham biror gap aytilmagan.

Andrea Anyelli yaqindagina Yevropa klublari assotsiatsiyasi prezidentligini Karl-Xaynts Rummeniggedan qabul qilib olgandi. Mazkur tashkilotdagi uning kelgusi faoliyati qanday bo‘lishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Anyelli 2010-yilning 19-may kuni “Yuventus” tepasiga kelgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют