» » Eron parlamenti raisida koronavirus aniqlandi

Eron parlamenti raisida koronavirus aniqlandi


Eron parlamenti raisi Ali Larijoniy koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, deb xabar beradi IRNA agentligi.

Spiker o‘zida kasallik belgilari paydo bo‘la boshlagach, koronavirusga tahlil topshirgan. Test ijobiy chiqqan. Larijoniy karantinga joylashtirilgan bo‘lib, hozirda u muolaja olmoqda.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 50 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, 3,1 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallangan Maslahat kengashi a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy, shuningdek, Eronning Vatikan va Misrdagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy vafot etgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchining koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют