» » Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bir deputat koronavirusdan vafot etdi

Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bir deputat koronavirusdan vafot etdi


Eron parlamentining 100 nafar a’zosi COVID-19 aniqlash uchun test topshirishgan, ularning 5 nafarida tahlil natijalar ijobiy chiqqan. Bu haqda Eron Qonunchilik prezidiumi raisi Asadullo Abbosiy ma’lum qildi. OAV tomonidan parlament deputatlaridan biri — Muhammad Ali Ramazoniy Dastak koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqagan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Eronda 593 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 43 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Eron AQShning koronavirusga qarshi kurashish yo‘lidagi yordamini tanqid qildi

Ma’lumot uchun, Eron hukumat vakillari orasida koronavirus epidemiyasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchidan boshlangan edi. Shundan so‘ng Eron vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekarda ham koronavirusga chalingani xabar qilindi.

Avvalroq, Eronning Vatikan va Eron davlatlaridagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronvairus bilan kasallanib vafot qilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют