» » Hasan Ruhoniy Eronda koronavirus vahimasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Hasan Ruhoniy Eronda koronavirus vahimasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy dushmanlarning mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanishga urinayotganini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron koronavirus tarqalishi ustidan nazorat o‘rnatishga yaqin turibdi, mamlakatning tashqi dushmanlari esa paytdan foydalanib odamlar orasida vahima ko‘tarishga urinmoqda.

Ruhoniyning ushbu izohi Eronda koronavirusga chalinganlar soni 100 nafarga yaqinlashgani, xususan, 15 kishining kasallik sabab vafot etgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgani tufayli berilgani taxmin qilinmoqda.

“Eron sog‘liqni saqlash vazirining hisoboti kishiga umid bermoqda, sababi ushbu koronavirusni nazoratga olish ishlari asta-sekin iziga tushmoqda. Ko‘plab shaharlarda shifokorlarga bu boradagi murojaatlar soni ancha kamaygan, avvalroq murojaatlar ko‘p ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Koronavirusga chalinganlar orasida tuzalib ketgan bemorlar soni ham kundan kunga oshib bormoqda”, — degan Ruhoniy Eron televideniyesi orqali bergan bayonotida.

U koronavirus atrofidagi shov-shuvlar dushmanlar fitnasi ekani, ularning Eron fuqarolari jamiyatida vahima ko‘tarishga urinayotgani va mamlakat aholisi bu borada ortiqcha xavotirga tushmasligi lozimligini qayd etdi.

Mavzuga doir: 

Avval Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergani xabar qilingandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Eronda 95 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ularning 15 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют