» » Eron rasmiylari koronavirus bilan kasallangan ikki kishining vafot etganini xabar qildi

Eron rasmiylari koronavirus bilan kasallangan ikki kishining vafot etganini xabar qildi


Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpur mamlakatda yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgani va u bilan kasallangan 2 nafar odamning vafot etganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Avval Eronda koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinayotganlar borligi aytilgan, biroq rasmiylar ushbu ma’lumotni tasdiqlamagandi.

“Afsuski, yoshi keksaroq bo‘lgan ikki bemor kasallikdan vafot etdi”, – deb yozgan Jahonpur Twitter’da.

Shuningdek u o‘z sahifasida Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari virusga chalinganlar Eron fuqarolari ekani, ular butun dunyo shialari ziyorat joyi hisoblangan Kum shahridan bo‘lganini ma’lum qilgan videoni joylashtirgan.

Eron hukumati chorshanbaning o‘zida mamlakatda koronavirus kasalligi kuzatilgani va undan ikki nafar odamning vafot etganini xabar qilgan. Bungacha forslar mamlakatda virus sabab qayd etilgan o‘limlar haqidagi ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirmay kelayotgandi.

Tehron koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoy bilan aviaqatnovlatni to‘xtatgan. Xitoydan kelayotganlar esa karantinga joylashtirilmoqda.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey Provinsiyasining markazi Uxan shahrida pnevominyani keltirib chiqaruvchi noma’lum virus tarqalgani haqida xabardor etgan. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanini aniqlagan. JSST koronavirusni xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb topgan va kasallikka – COVID-19 rasmiy nomini bergan. 2020-yil 19-fevral holatiga Xitoyning materikli qismida virusni yuqtirib olganlar soni 74,1 ming nafarni, undan tuzalganlar esa 14,4 ming nafarni tashkil qiladi. Xitoydan tashqarida – 25 ta mamlakatda COVID-2019 bilan kasallanish bo‘yicha jami 800 ta holat kuzatilgan, shundan uchtasida – bemorlar vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют