» » Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi

Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi


Yaponiya hukumati mamlakat hududida koronavirusga yo‘liqqan bemor o‘limi bilan tugagan holat kuzatilganini tan oldi. 80 yoshli ayol Xitoyning materik qismidan tashqarida ushbu virus keltirib chiqargan kasallik tufayli vafot etgan uchinchi qurbonga aylandi, deb yozmoqda “RBK”.

Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasida yashovchi ayol 1-fevralda pnevmoniya kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar bemorning organizmida koronavirus bo‘lganini, u vafot etganidan keyin aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Yaponiya sog‘liqni saqlash vaziri Katsuboni Kato bergan xabarda ayolning koronavirusni qayerda yuqtirib olgani borasida ma’lumot keltirilmagan. Vafot etgan bemorning so‘nggi vaqtlardan Yaponiyadan tashqariga, xorij mamlakatlariga chiqmagani aytilmoqda.

Shuningdek, Yaponiya hukumati Vakayama provinsiyasida mamlakatda birinchi marta tibbiyot xodimining koronavirusni yuqtirib olganini qayd etgan. 50 yoshli jarroh infeksiyaga chalingan. Uning xitoylik bemorlar bilan muloqot qilgan yoki qilmagani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Shu bilan birga Tokioda yashovchi 70 yoshli taksi haydovchisida ham kasallikka chalinish alomatlari sezilgan. U oxirgi ikki hafta ichida xorijlik yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmaganini ta’kidlagan.

Yaponiya butun dunyoda koronavirus kuzatilgan davlatlar orasida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yaponlarning aksariyat qismi ya’ni 175 nafar odam Diamond Princess kruiz laynerida Yokogama yaqinidagi mamlakat suv hududida koronavirus yuqtirib olgan.

Mavzuga doir: 

Bugunga qadar koronavirus keltirib chiqargan hastalikdan eng ko‘p odam vafot etgan joy bu ushbu virus ilk tarqalgan hudud – Xitoyning Xubey provinsiyasi bo‘lib turibdi. U yerda 1300 nafardan ko‘proq odam koronavirus tufayli vafot etgan. Xitoyning materikli qismidan tashqarida ikki nafar odam Gonkong va Filippinda vafot etgandi, endi ushbu hududlar safiga Yaponiya ham qo‘shildi.

Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qilgan.  Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizatsiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi. Shuningdek, Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16-martgacha uzaytirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют