» » Gonkongda birinchi marta koronavirusdan vafot etish holati qayd etildi

Gonkongda birinchi marta koronavirusdan vafot etish holati qayd etildi


Gonkongda koronavirus oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etildi, deb xabar bermoqda “Kommersant” mahalliy televideniega tayanib. Bu Xitoy tashqarisida qayd etilgan ikki o‘lim holati. Birinchisi Filippinda kuzatilgan bo‘lib, 44 yoshli erkak vafot etgandi.

Avvalroq mahalliy hukumat 39 yoshli erkakda “asosiy kasallik” aniqlangani haqida xabar bergan. Gonkongda koronavirus bilan zararlanishning 15 holati tasdiqlangan.

3-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 17238 kishida koronavirus aniqlanib, umumiy hisobda 361 kishi vafot etgan. Bu atipik pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Xitoyda 2002—2003-yillarda tarqalgan atipik pnevmoniya 349 kishini hayotiga nuqta qo‘ygan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Hozirga qadar 480 ga yaqin kishi sog‘aygani aytilmoqda. Boshqa mamlakatlarda koronavirusni yuqtirganlar soni 150 kishidan ortiqni tashkil qilmoqda.

Olimlarga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy ravishda e’lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют