» » Eron koronavirusga qarshi kurashga qurolli kuchlarni jalb etadi (video)

Eron koronavirusga qarshi kurashga qurolli kuchlarni jalb etadi (video)


Eron qurolli kuchlari koronavirusga qarshi kurashga jalb etiladi, islom respublikasi bu xavfni minimal yo‘qotishlar bilan yengib o‘tishga harakat qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Jamoatchilikning salomatligi uchun hamma davlat organlari, qurolli kuchlari, jamoat tashkilotlari barcha zarur choralarni ko‘radi. Biz imkon qadar kamroq yo‘qotishlar bilan eng qisqa fursatda kasallik ustidan nazorat o‘rnatishni maqsad qilganmiz”, — dedi Ruhoniy.

Eronda hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kamida 43 ta holat qayd etilgan, bemorlardan yetti nafari vafot etgan. Ilk kasallanish holati 19-fevral kuni shialar uchun muqaddas hisoblangan Qum shahrida aniqlangan, asosiy o‘choq shu yerda.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, Erondagi koronavirus bemorlarining aksariyati yo Qum shahridan, yo Qumga borganlar. Ehtiyot chorasi sifatida Eronning bir qator viloyatlarida o‘quv muassasalari yopilgan, shuningdek, madaniy tadbirlar bekor qilingan.

Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Turkiya, Armaniston va Pokiston Eron bilan chegarasini yopdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют