» » Iroqda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi

Iroqda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi


Iroqda 24-fevral, dushanba kuni, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi. Bu haqda mazkur holat qayd etilgan Najaf provinsiyasi sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Departament rahbari Radvan al-Kindiyning ma’lum qilishicha, kasallik dinshunoslik bo‘yicha o‘qiyotgan eronlik talabada aniqlangan. Talaba Iroq tomonidan Eron fuqarolarining mamlakatga kirishini cheklash haqidagi qaror qabul qilinishidan oldin kelgan.

Qayd etilishicha, talabaning kasallanganligi Erondan kelganlar kishilar va talabalarni tekshiruvdan o‘tkazish doirasida, uning uyida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik vaqtida aniqlangan. Talaba kasalxonaga yotqizilgan. Undan olingan tahlil namunalari esa laboratoriya tekshiruvi uchun jo‘natilgan.

Shuningdek, Afg‘onistonda ham koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holat aniqlandi. Ozarbayjonda 2 kishi, jumaladan, bir nafar eronlik koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi. Eron, Janubiy Koreya va Italiyada koronavirusning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 13 kishiga yetdi. Xitoyda koronavirus bilan qayta kasallanish bo‘yicha 195 ta holat aniqlandi.

Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida Eronda koronavirus infeksiyasi tarqalgani sabab Armaniston Eron bilan chegarani yopib, aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatganini ma’lum qilgan. Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi va 24-fevralning boshqa muhim xabarlari

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bir sutkada 150 kishiga ko‘payib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi. Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni esa 24 734 kishiga yetgan. Bundan tashqari, xitoylik olimlar koronavirus kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkinligini ham aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют