» » Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni olti kishiga yetdi

Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni olti kishiga yetdi


Italiyada koronavirus yuzaga keltirgan kasallik sababli vafot etganlar soni olti kishiga yetdi. Oltinchi qurbon Lombardiya viloyatida kasalxonaga yotqizilgan va onkologik kasallikka chalingan ayol bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi va 24-fevralning boshqa muhim xabarlari

Qayd etilishicha, koronavirus sababli Italiyada vafot etganlarning barchasi sog‘lig‘ida muammosi bor keksalar bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha jami 220 tadan ortiq holat aniqlangan. Uxandan evakuatsiya qilingan bir nafar italiyalik tuzalib ketgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab A Seriyaning 3 ta o‘yini qoldirildi

Italiyaning Lombardiya viloyatidagi Lodi shahrida koronavirus bilan kasallanish holati 21-fevral, juma kuni, qayd etilgan. Shundan so‘ng, kasallanish holatlari Veneto, Pyemont va Emiliya-Romanye viloyatlarida aniqlangan. Mazkur hududlarda kasallanganlar soni ortib bormoqda. Bunga qadar Italiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq uchta holat qayd etilgan edi. Ular xitoylik sayyoh er-xotin va Uxandan evakuatsiya qilingan italiyalik ayol bo‘lgan.

Mavzuga doir: Italiya yangi koronavirus tufayli Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi

Italiyada koronavirus tarqalishi sababli karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Italiya poyezdlarining yo‘lovchilari esa koronavirusga tekshirilgandan keyingina Avstriya chegarasidan o‘tishga ruxsat berilmoqda.

Mavzuga doir:Rimda koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o‘smir qo‘lga olindi

Shuningdek, Eron va Janubiy Koreyada ham koronavirus keng tarqalmoqda. Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holat aniqlandi. Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 13 kishiga yetdi. Ozarbayjonda 2 kishi koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi. Xitoyda koronavirus bilan qayta kasallanish bo‘yicha 195 ta holat aniqlandi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bir sutkada 150 kishiga ko‘payib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi.  Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni esa 24 734 kishiga yetgan. Bundan tashqari, xitoylik olimlar koronavirus kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkinligini ham aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют