» » Eron AQShning koronavirusga qarshi kurashish yo‘lidagi yordamini tanqid qildi

Eron AQShning koronavirusga qarshi kurashish yo‘lidagi yordamini tanqid qildi


AQSh koronavirusga qarshi kurashda Eron hukumatiga yordam taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Tehron Vashingtonning yordamini targ‘ibot ishi deya hisoblamoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Musaviyga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Iqtisodiy terrorizmi Eron xalqiga keng ko‘lamli bosim o‘tkazayotgan va buning oqibatida dori-darmon hamda tibbiyot uskunalarini sotib olish imkoniyatini cheklayotgan davlatning koronavirusga qarshi kurashish yo‘lida Eronga yordam taklif qilishi — sharmandali siyosiy va psixologik o‘yin”, — deydi Musaviy. U Vashington bayonotini “ikkiyuzlamachilik va targ‘ibotchilik” deb atagan

Musaviyning qo‘shimcha qilishicha, Eron virusga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘plab davlatlar bilan yaqindan aloqa qilmoqda.

“Butun dunyo uchun epidemiyaga aylangan va ko‘plab davlatlarda tarqalgan koronavirusga qarshi kurashda keskinlik va xalqaro hamkorlik zarur, ko‘z-ko‘z qilinadigan harakatlar emas”, — deya qo‘shimcha qiladi Musaviy.

Mavzuga doir: 

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 388 kishi koronavirus bilan kasallangan, kamida 34 ta o‘lim qayd etilgan. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident koronavirus bilan kasallangan. Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют