» » Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 mlrd dollar olmoqchi

Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 mlrd dollar olmoqchi


AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurashish uchun Kongressga davlat budjeti hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratish bo‘yicha so‘rov tayyorlamoqda, deyiladi The Washington Post xabarida.

Xabarga ko‘ra, administratsiya COVID-19’ga qarshi kurash uchun zarur mablag‘ hisob-kitobini olib bormoqda. So‘rov yaqin kunlar ichida yuborilishi va budjetdan taxminan 1 mlrd dollar ajratish taklif qilinishi mumkin.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus 2019-yil oxirida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Keyinchalik ushbu virusga chalinish holatlari Xitoydan tashqariga, jumladan, Rossiya, Eron, Tayvan, Yaponiya, Janubiya Koreya va boshqa mamlakatlarda kuzatildi. 24-fevral holatiga ko‘ra Xitoyda kasallikdan 2,6 ming nafar odam vafot etgan, 25 ming nafar bemor tuzalgan, jami kasallanganlar soni 77 mingdan oshgan. AQShda esa koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha 35 ta holat kuzatilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyani xalqaro miqyosdagi faqulodda vaziyat deb e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют