» » Tayvanda ham koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi

Tayvanda ham koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi


Tayvanda COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etdi va ushbu davlatda ham birinchi bor kasallikning eng yuqori bosqichi kuzatildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesining Twitter’dagi bayonotida ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgan, qurbon so‘nggi vaqtlarda orolni tark etmagani haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, Tayvanda virusga chalingan bemorlar safiga yana ikki nafar odam qo‘shilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, orolda virusga yo‘liqqanlar soni 20 nafarga yetgan.

15-fevral, shanba kuni koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati Fransiyada qayd etilgan. Mamlakatga yanvar o‘rtalarida Xitoyning Xubey provinsiyasidan kelgan 80 yoshli erkak vafot etgandi. Avvalroq Yaponiyada ham koronavirus bilan bo‘liq o‘lim holati kuzatilgan: 80 yoshli ayol Xitoyning materik qismidan tashqarida ushbu virus keltirib chiqargan kasallik tufayli vafot etgan uchinchi qurbonga aylangan.

Koronavirus 2019-yil dekabr oyi oxirlarida Uxan shahrida tarqalgan. Keyinchalik Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Nepal, Avstraliya, Misr va boshqa davlatlarda ham koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilgan.

Mavzuga doir: 

Xitoy hukumati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 16-fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 68,5 ming nafarga yetgan. XXRdan tashqarida 526 nafar odam kasallikka yo‘liqqan bo‘lsa, virus tufayli halok bo‘lganlar soni 1669 nafarni tashkil etgan.

Mavzuga doir: 

Barselonada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Jahon mobil kongressi koronavirus sabab bekor qilingan. Misrda koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha birinchi holat kuzatilgan. Yaponiyadagi sayohat kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 355 kishiga yetgandi.

Mavzuga doir:

Xitoy koronavirus bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ikki baravar kamayganini xabar qildi

Fotogalereya: Xitoy koronavirus tarqalgunicha qanday yashagan va undan keyin qanday yashamoqda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют