» » Janubiy Koreya koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qildi

Janubiy Koreya koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qildi


Janubiy Koreya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi va ushbu kasallikdan ikki nafar fuqaroning vagot etishi tufayli vaziyat bo‘yicha xavflilik darajasini eng yuqori bosqichga ko‘tardi. Bu haqda “RBK” xabar bergan.

Xabarga ko‘ra cherkov xizmatlari tufayli koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. 22-fevralda kasallar soni 169 taga ko‘paygan va mamlakat miqyosida 602 nafarga yetgan.

Janubiy Koreya kasallik xavfi darajasini eng yuqori bosqichga ko‘tardi, sababi 23-fevralda yana ikki nafar odam pnevmoniya oqibatida vafot etdi... Xavflilik darajasining ko‘tarilishi natijasida hukumat tomonidan koronavirus o‘chog‘iga aylangan Tegu va Chongdo okruglariga qo‘shimcha resurslar yubormoqda.

Mavzuga doir: 

Jamoat tadbirlarini bekor qilib, maktablarni yopish buyurilgan. So‘nggi bora bu kabi chora-tadbirlar 11 yil avval H1N1 gripp virusi tarqalganidan amalga oshirilgan.

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют