» » Janubiy Koreyada ham koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati kuzatildi

Janubiy Koreyada ham koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati kuzatildi


Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etdi. Bu haqda mamlakat hukumati vakillari xabar bergan, deb yozmoqda “Yonxap”.

Vafot etgan bemor mamlakat janubidagi Chxondo shahri kasalxonasida pnevmoniyadan davolanoytgan bo‘lgan. Kasalda koronavirus borligi u vafot etganidan keyin tasdig‘ini topgan. O‘limga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Janubiy Koreyada bir kun ichida yana 53 nafar odamning virusga yo‘liqqanligi aniqlangan, shu tariqa mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 104 nafarga yetgan. Yangi kasallarning aksar qismi Koreya janubidagi Tegu shahrida yashaydi. Shahar hokimi mahalliy aholidan iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga amal qilishni so‘ragan.

“Yonxap” agentligi xabariga ko‘ra, taxminan 40 nafar odam 61 yoshli koreyalik ayol bilan muloqotdan keyin koronavirusni yuqtirib olgan. Taxminlarga ko‘ra, koronavirus ularning bitta cherkovga qatnashi oqibatida yuqqan.

19-fevralda Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus qo‘zg‘agan kasallik oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi.

Mavzuga doir: 

Butun dunyoda jami 2129 nafar odam yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etgan. Kasallikka chalinganlar soni 75,7 ming nafarga, undan tuzalganlar esa 16,5 ming nafarga yetgan.

Koronavirus 2019-yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqalgan. Koronavirus Xitoydan tashqari yana 20 ta boshqa xorij davlatlarida ham qayd etilgan. Virus odamdan odamga havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Unga chalingan bemorlarda isitma ko‘tarilishi, tezda charchab qolish va so‘lak chiqarib yo‘talish holatlari kuzatiladi. Kasallikning yashirin davri 14 kunni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют