» » Pompeo AQSh koronavirusga qarshi kurashda Eronga yordam taklif qilganini aytdi

Pompeo AQSh koronavirusga qarshi kurashda Eronga yordam taklif qilganini aytdi


AQSh koronavirusga qarshi kurashda Eron hukumatiga yordam taklif qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 28-fevral, juma kuni, AQSh Kongressi Vakillar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

“Biz Eron Islom Respublikasiga takliflar berdik. Biz dunyoning boshqa mamlakatlariga va mintaqadagi davlatlarga Eronning koronavirusga qarshi kurashida beriladigan insonparvarlik yordam AQSh tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildik. Biz barcha mamlakatlarga bu borada yordam berishda davom etamiz. Biz texnik va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun o‘z diplomatik imkoniyatlarimizdan foydalanamiz”, — deb ta’kidlagan AQSh davlat kotibi.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 388 kishi koronavirus bilan kasallangan, kamida 34 ta o‘lim qayd etilgan. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident koronavirus bilan kasallangan. Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etdi.

Avvalroq AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 milliard dollar olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oq uyda esa koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha nazoratchi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют