» » Video: “KamAZ” bazasida yaratilgan sauna va kinoteatrga ega hashamatli avtouy

Video: “KamAZ” bazasida yaratilgan sauna va kinoteatrga ega hashamatli avtouy


Nijniy Novgord muhandislari “KamAZ-43118”ni yetti metrli garaj-tirkama va saunaga ega hashamatli avtouyga aylantirdi, deb xabar beradi Motor. Avtokemper to‘liq jamlanmasi bilan 13,15 million rubl (170 ming dollar), tirkamasiz — 9,65 million rubl (125 ming dollar) turadi.

G‘ildiraklar ustidagi noyob uy generator, isitish tizimi va konditsioner, shuningdek, qo‘shimcha 200 litrli suv baki bilan jihozlangan. Avtomobil tomiga ekspeditsiyaga mo‘ljallangan yukxona va elektr energiyasi bilan ta’minlovchi quyosh paneli joylashtirilgan. Bularning barchasi sayohat vaqtda avtouyning avtonom bo‘lishini ta’minlaydi.

Mavzuga doir: Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto+video)

Mavzuga doir: “Burlak” yo‘ltanlamasida necha kun izolyatsiyada yashash mumkinligi hisoblab chiqildi

Haydovchi kabinasi yotoqxona, audiotizim, orqani ko‘rish kamerasi, shuningdek, qo‘shimcha shovqin pasaytirgich bilan jihozlangan. Avtokemper ichidan 7200x2400x2000 millimetrli oshxona o‘rin olgan bo‘lib, kamin-pechka, tushlik zonasi, yarim o‘lchamli karavot, televizor hamda svetodiod qandil o‘rin olgan. Qulay harorat alohida isitish tizimi, konditsioner hamda issiq pol tizimi orqali ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют