» » O‘zbekistonda karantin davrida spirtli ichimliklar do‘konlari nima uchun yopilmayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin davrida spirtli ichimliklar do‘konlari nima uchun yopilmayotgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda karantin sababli savdo shoxobchalari yopilayotgan bir sharoitda zaruriy oziq-ovqat hisoblanmaydigan spirtli ichimliklar do‘konlari faoliyat olib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov mazkur holatga izoh berdi.

Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, agar spirtli ichimliklarning yoki sigaret mahsulotlarining savdosi to‘xtatib qo‘yilsa, odamlar bu mahsulotni uyda qo‘lbola tayyorlashni boshlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘plab zaharlanish holatlariga olib keladi. Odamlarning qo‘lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib o‘lishi ayni damda ortiqcha muammo hisoblanadi.

Qayd etilishicha, tarixda bunday holat kuzatilgan. 1980-yillarda Sobiq Ittifoq hukumati “suxoy zakon” e’lon qilgan, ya’ni spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va savdosi to‘xtatilgan. Shu davrda odamlarning qo‘lbola tayyorlangan spirtdan zaharlanib o‘lishi 400 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sababli O‘zbekistonda oziq-ovqat do‘konlari va dehqon bozorlaridan boshqa barcha savdo majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22 286 ta holat aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют