» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 kishiga yetdi. Ularning to‘qqiz nafari tibbiyot xodimlari

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 kishiga yetdi. Ularning to‘qqiz nafari tibbiyot xodimlari


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 144 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Qosimbek Mambetovga tayanib, AKIpress xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida yana 14 kishi koronavirus bilan kasallangan:

Ta’kidlanishicha, 9 nafar tibbiyot xodimi ham koronavirus yuqtirib olgan.

“Afsuski, tibbiyot xodimlarimiz orasida tahlil natijalari ijobiy chiqqanlar bor. Kecha 8 kishi edi, bugun 9 nafarga yetdi”, — deydi Mambetov.

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 241 kishiga yetdi. 2-aprel holatiga ko‘ra 25 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют