O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 310 nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 310 kishiga yetdi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 12 kishi oshgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Bugun, 5-aprel yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi.
Аvvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgan, ikkinchi qurbon Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor. U kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan.
Shuningdek, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik — bir nafar erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Jons Hopkins universiteting ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshib ketdi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz