» » Rosatom koronavirus sabab xorijdagi qurilishlarni to‘xtatmoqchi emas

Rosatom koronavirus sabab xorijdagi qurilishlarni to‘xtatmoqchi emas


Rosatom koronavirus pandemiyasi sabab xorijdagi atom elektr stansiyalari qurilishini tugatish va ularni topshirish bo‘yicha qiyinchiliklarga tayyorligi, biroq korporatsiyada hozircha bu borada muammolar yo‘qligini bildirgan. Bu haqda korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyovning “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusiga tayanib, “TASS” xabar qilgan.

“Loyihalar belgilanga reja bo‘yicha ketmoqda. 2020-yilda qurilishlardagi rejalarda jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan muammolar hozircha ko‘zga tashlanmayapti. Qaysidir davlatdagi vaziyat o‘zgarishi borasida oldindan taxmin qila olmaymiz. Qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyormiz, bunga tayyorgarlik ko‘rganmiz, lekin hozirda o‘z rejalarimiz bo‘yicha ketyapmiz”, – degan Rosatom rahbari.

Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalq respublikasidagi obyektlarning birida “Syudapu” va “Tyanvan” atom elektrstansiyalarini qurish bo‘yicha ishlarni olib borayotgandi. U yer to‘liq izolyatsiya qilinganidan keyin koronavirus yuqtirish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan. Turkiyadagi “Akkuyu” AES qurilishida esa viloyatdagi kabi sokin hayot davom etmoqda. Rosatom rahbariga ko‘ra, hozir Belarus hududidagi AES qurilishida xavotirlar mavjud.

“Ayni vaqtda odamlar soni va kundan kunga yanada ko‘proq mehnat talab qilayotgan qurilish ishlari Belarusda o‘tkazilmoqda, u yerda Ostrovetskiy atom stansiyasining birinchi ishga tushirish bloki deyarli tayyor. Belaruslik hamkorlar bilan muammo yo‘q”, – degan Lixachyov.

Rosatomning xorijdagi portfeli

Rosatom korporatsiyasi xorijda jami 36 ta blokda bo‘yicha turli darajada va holatdagi qurilish ishlari tashkil etgan.

Mart oxirida “Rosatom” davlat korporatsiyasi chet el mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatga qaramay atom energetikasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni xorijda davom ettirishi va bunda o‘sha davlatlar sanitar-epidemiologik xizmatlari bilan hamkorlik qilinishini bildirgan. Rosatom qurilish ketayotgan hududlarda zaruratga ko‘ra karantin va boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

1-aprelda Lixachyov davlat korporatsiyasining xorijdagi qurilish maydonchalaridagi rossiyalik quruvchilarni mamlakatga qaytarish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют