» » Toshkent mahallalarida karantin tartibini nazorat qiluvchi yuzlab postlar tashkil etildi

Toshkent mahallalarida karantin tartibini nazorat qiluvchi yuzlab postlar tashkil etildi


Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 6-apreldan boshlab Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, “Mahallamizni koronavirusdan asraymiz” shiori ostida tashkil topgan bunday maskanlarda faoliyat yuritish uchun mahalla raisi, hududga qarashli profilaktika inspektori va uning yordamchisi, Fidokor yoshlar guruhi a’zolari hamda mahalla faollaridan iborat guruh tuzildi.

Har bir guruhning bosh vazifasi karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘ta zarurat yuzaga kelgandagina (kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sotib olish) ko‘chaga chiqishlarini hamda niqob taqmasdan harakatlanmasligini to‘liq nazorat qilish hisoblanadi.

“Eng asosiysi ‘Jamoatchilik nazorati maskani’ a’zolari tun-u kun mahallalarda yurib, fuqarolarning zaruratsiz tashqariga chiqmasligi va karantin tartib-qoidalariga amal qilishini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida fuqarolarimizni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdan saqlaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qariyb 30 ming kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют