» » Bir hafta ichida Toshkent shahri va barcha viloyatlarda karantinga moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi

Bir hafta ichida Toshkent shahri va barcha viloyatlarda karantinga moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi


Bir hafta muddatda sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Bundan tashqari, qisqa muddatda karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari quriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasini tahlil qilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida nodavlat tibbiyot tashkilotlarida ushbu infeksiya bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish vazifasi qo‘yildi.

Bosh vazir boshchilidigidagi Koronavirusga qarshi maxsus respublika komissiyasiga kuchaytirilgan rejimda aholiga zarur dori-darmonlar, niqoblar va boshqa tibbiy buyumlarni belgilangan narxlarda uzluksiz yetkazib berilishini nazorat qilish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, komissiya karantin rejimini joriy etish va ayrim aholi punktlari va hududlarida karantin tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.

Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib, uy sharoitida karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan qat’iy va tizimli nazorat o‘rnatish hamda karantin o‘tash davrida ushbu shaxslarni birinchi navbatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi

Avval IIV viloyatlararo postlar faoliyati vaqtincha qayta tiklanishini ma’lum qilgani, vodiyliklar respublikaning boshqa viloyatlariga Bo‘ka—Guliston yo‘li orqali borishlari mumkinligi, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilishi, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlardan mobil telefonlar olib qo‘yilishi, shuningdek, karantin sharoitida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa ham tarmoqdan uzib qo‘yilmasligi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют