» » Bog‘chada karantin bo‘lganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi?

Bog‘chada karantin bo‘lganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi?


16-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopildi. “Huquqiy axborot” kanali bunday vaziyatda bog‘chaga boruvchi bolalarning qarovchilari qanday yo‘l tutmog‘i lozimligi haqida ma’lumot berdi.

Adliya vazirligida 2015-yil 17-aprel kuni 2667-son bilan ro‘yxatga olingan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 37-bandida maktabgacha ta’lim muassasasida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin o‘n to‘rt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi nazarda tutilgan.

Mazkur yo‘riqnoma talabiga ko‘ra, karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘zbekistonlik ayolning oila a’zolaridan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, bemorning o‘g‘li va qizida ham COVID-2019 infeksiyasi borligi ma’lum bo‘lgan. Ayol bilan samolyotga kelgan boshqa yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют