» » AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga yordam so‘rab murojaat qildi

AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga yordam so‘rab murojaat qildi


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Amerikaning Immix BioPharma Inc. kompaniyasi rahbarlari koronavirusga qarshi dori yaratib, uni ishlab chiqarish va tarqatish uchun yordam so‘rab Alisher Usmonovga murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Avvalroq Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratib, vaksina qaysi davlatda yaratilishidan qat’i nazar uni mamlakatga olib kelishga va’da bergandi.

Maktubda ta’kidlanishicha, Immix BioPharma Inc. Amerikaning MannKind farmatsevtika kompaniyasi bilan birgalikda quruq kukun shaklidagi dorini shakllantirish va tayyorlashni boshlab yuborgan. Ushbu kukun koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir respirator kasalliklarini bartaraf etishga mo‘ljallangan ingalyatorning asosiy komponenti hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya burunga sepiladigan sprey, ingalyator va ichki inyeksiyalardan foydalanib koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha innovatsion usullarni taklif etmoqda.

Muntazam evolyutsiya va o‘zgarishlarga uchraydigan patogenlarga (gripp kabi) qarshi an’anaviy vaksina ishlab chiqarish o‘rniga Immix BioPharma Inc. kompaniyasi bir nechta nafas olish patogenlari uchun universal bo‘lgan, xavfsiz va ishonchli platformani yaratdi. U xavfni kamaytirish, infeksiyalarning oldini olish, og‘ir belgilarni cheklash, jiddiy belgilarni davolashga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: Koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘ladi? O‘zbekistonlik tadqiqotchi tushuntiradi

“O‘zbekiston koronavirus tarqalishini to‘xtatish va uni tashqi bozorga eksport qilish yo‘lida Immix BioPharma Inc. kompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu noyob innovatsion dori vositalari ishlab chiqarishni buyurtma qilish imkoniyatiga ega. Bu esa o‘z navbatida, respublikani jahon biotexnologiya sanoatining old qatorlariga olib chiqadi”, — deydi dori ixtirochilari.

Immix’ning fikriga ko‘ra, hamkorlikdagi birinchi qadam — koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashni boshlash, chunki birinchi dozadan keyinoq bemorlarning ahvoli sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik shifokorlar dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliya va Amerikadagi klinik sinovlarda saraton kasalligining to‘rtinchi bosqichini davolashda ishlatiladigan dorilarni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishlatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir: COVID-19 koronavirusining vaksinalari qaysi davlatlarda ishlab chiqilmoqda va qachon paydo bo‘ladi?

Avvalroq JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish jarayoni jadallashganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Pentagon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishgani, futbol yulduzlari Drogba va Eto’O koronavirusga qarshi vaksinani Afrikada sinab ko‘rishni tavsiya qilganlarni tanqid qilgani, Johnson & Johnson kompaniyasi 2020-yilning sentabrida koronavirusga qarshi vaksinaning odamlardagi sinovini boshlashi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют