» » Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 2 mlrd rubl ajratadi

Alisher Usmonovning kompaniyasi Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 2 mlrd rubl ajratadi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli USM xolding aksiyadorlari Rossiya hududida koronavirusga qarshi kurash uchun 2 milliard rubl (26,5 million dollar) ajratishga qaror qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mablag‘ infeksiyasining mamlakat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab ehtiyojlari uchun beg‘araz taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, mablag‘larni birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar uchun himoya vositalari sotib olish, ularni transport bilan ta’minlanish, shuningdek, tibbiyot xodimlari va koronavirusdan zararlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni davolash ishlarida band bo‘lganlarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Xolding tomonidan qo‘shimcha qilinishicha, so‘nggi haftalar davomida koronavirusga qarshi kurash uchun uning nazorati ostidagi kompaniya va xoldinglarning resurlari va kuchlari jalb qilingan.

USM asoschisi Alisher Usmonovning aytishicha, koronavirusga qarshi kurashda yordam berish bilan birga, xolding kompaniyalari o‘z ishining uzluksizligini va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda.

Avvalroq milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million dollar o‘tkazib bergani, bu pullar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiy asbob-uskunalarni ta’minlashga sarflanishi haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda Alisher Usmonovning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami haqida to‘xtalib o‘tdi hamda buning uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi.

Shuningdek, Alisher Usmonovning karantin sabab vaqtincha Toshkentga ko‘chib kelgani ma’lum bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют