» » O‘zbekistonda 12—14-aprel kunlari shiddatli shamol esib, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 12—14-aprel kunlari shiddatli shamol esib, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, 12—14-aprelda O‘zbekistonda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metr/sekundgacha yetishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida esa 12—14-aprelda sel kelishi xafvi bor.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida 6-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng shahar ko‘chalarida suv toshqinlari yuz berib, xonadonlar suv ostida qolgandi. Tabiiy ofat ayrim xonadonlarga jiddiy talafot yetkazgan, ba’zi eski uylar qulab tushgandi.

Mavzuga doir: Venetsiyaga aylangan Samarqand. Yomg‘ir suvi nega ko‘chalar bo‘ylab toshib ketgani izohlandi (video)

O‘zbekiston bo‘ylab 8-aprel kuni esgan kuchli qorli shamol mamlakatning barcha viloyatlarida daraxtlarni yiqitib, elektr ta’minotini uzib qo‘ygan, oqibatda kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgandi.

Mavzuga doir: Foto: Aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют