» » Britaniyalik erkak tomorqasidan 50 yil oldin ko‘milgan Ford’ni topib oldi

Britaniyalik erkak tomorqasidan 50 yil oldin ko‘milgan Ford’ni topib oldi


Buyuk Britaniyada Jon Breyshou ismli fuqaro izolyatsiya vaqtida zerikib, tomorqasini qaziyotganida kamida 50 yil oldin ko‘milgan Forf Popular 103e avtomobiliga duch keldi, deb xabar beradi Motor.

Avtomobildagi qurilmalar paneli va dvigateli orqali uning markasi aniqlangan — mashina 1955—1956-yillarda ishlab chiqarilgan. Popular 103e’da hatto avtomobil raqami ham saqlanib qolgan bo‘lib, Breyshou ulardan eski Ford nima sababdan bu yerga ko‘milganini aniqlashda foydalangan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil haqida rasmiy hech qanday ma’lumot mavjud emas va u hech qachon ro‘yxatga olinmagan. Breyshouning fikricha, mashina birorta maxfiy xizmat xodimiga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq ushbu farazni tekshirib ko‘rishning imkoni yo‘q.

Britaniyalik o‘z topilmasini nima qilish borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q — uni shundayligicha joyida qoldirish yoki maxsus texnika yordamida chiqarib tashlash. Nima bo‘lganda ham avtomobil juda yomon ahvolda va uni qayta tiklash uchun juda ko‘p mablag‘ kerak bo‘ladi.

Ford Pop nomi bilan ham atalgan Ford Popular modeli Buyuk Britaniyada 1953—1962-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. O‘sha vaqtda ushbu model bozordagi eng arzon avtomobil bo‘lgan. Popular 103e’dan jami 155 340 nusxa ishlab chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют