» » Moskva hayvonot bog‘idagi hayvonlar odamlarni sog‘inib qoldi. Ayniqsa maymunlar va katta pandalar

Moskva hayvonot bog‘idagi hayvonlar odamlarni sog‘inib qoldi. Ayniqsa maymunlar va katta pandalar


Moskva hayvonot bog‘i ma’muriyati hayvonlar odamlar bog‘ga kelmay qo‘yganini payqagan. Xodimlar hayvonlarning salomatligi joyida ekanligi, faqat ular odamlarni sog‘inayotganini ma’lum qilgan.

“Bizning hayvonlarimiz tashrifchilarni sog‘inmoqda. Ularning aksariyati odamlar kamligini sezmoqda va endi yaqin atrofdan kimdir o‘tsa, uni katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Ayniqsa odamsimon maymunlar mehmonlarni kutmoqda — gorillalar va maymunlar primatlar uyining tashrifchilari bilan muloqot qilishni yoqtirardi”, — deyiladi hayvonot bog‘ining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.

Shuningdek, katta pandalarda ham odamlarga nisbatan qiziqish oshgan.

“Katta pandalar tabiatda yolg‘iz yashaydi, bizda esa ular o‘z volyeri va taklif qilinayotgan o‘yinchoqlardan qoniqish hosil qilmoqda. Biroq hozir ularga nimadir yetishmayotgandek tuyulmoqda. Pandalar o‘z hududi yaqinidan o‘tayotgan har bir odamga faollik bilan yaqinlashmoqda”, — deb yozadi bog‘ xodimlari.

Moskva hayvonot bog‘i koronavirus xavfi tufayli Rossiya poytaxtidagi boshqa jamoat joylari singari 30-aprelgacha tashrifchilar uchun yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют