» » Toshkentda avtobus haydovchisi karantindan chiqqanlarni uylariga yetkazmasdan yo‘lda tashlab ketgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi karantindan chiqqanlarni uylariga yetkazmasdan yo‘lda tashlab ketgani ma’lum bo‘ldi


Toshkentda karantin zonasidan chiqqan fuqarolarni o‘z manziliga yetkazmasdan yo‘lda tashlab ketgan avtobus haydovchi jazolandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 10-aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan fuqarolarga uylariga qaytish uchun ruxsat berilgan.

Ularni manzillariga yetkazish uchun esa “Toshshahartransxizmat” AJ jami 11 ta MAN rusumli turistik avtobuslar ajratgan bo‘lib, shundan 6 tasi viloyatlarga ketuvchi fuqarolarni belgilangan manzillarga yetkazish uchun biriktirilgan. 5 ta avtobus esa, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarni manzillariga yetkazib qo‘yishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, barcha avtobuslar fuqarolarni belgilangan manzillarga yetkazgan. Faqat poytaxtning Janubiy vokzal, 16-shahar shifoxonasi, Chilonzor metrosi, Farhod bozori, Olmazor, Sebzor yo‘nalishlari bo‘yicha ketayotgan avtobus so‘nggi yo‘lovchilarini o‘zaro tushunmovchilik sabab manzillariga yetkazmagan.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lganidan so‘ng, yuzaga kelgan mazkur vaziyat jamiyat mutasaddilari tomonidan o‘rganilgan.

MAN rusumli turistik avtobus haydovchisi M.X. haqiqatan ham 3 nafar fuqaroni o‘z manziliga (Algoritm mavzesi) yetkazmasdan, Farhod bozori atrofida tushirib qoldirganini tan olgan. Oqibatda ushbu fuqarolar yo‘lda qolib ketgan.

Xabarda aytilishicha, haydovchining ushbu xatosi sabab unga nisbatan ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilgan, biroq aynan qanday jazo tayinlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют