» » Toshkentda 15 yoshli haydovchi “Kamaz”da avtobusni urib ketdi. Jabrlanganlar bor

Toshkentda 15 yoshli haydovchi “Kamaz”da avtobusni urib ketdi. Jabrlanganlar bor


20-mart kuni soat 16:30 lar atrofida Olmazor tumani “Toshkent o‘yinchoqlari” zavodi bekatida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, 8-avtobus saroyi tasarrufidagi 109-yo‘nalishda qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobus bekatda harakatsiz holatda bo‘lgan.

“KamAZ” yuk mashinasini haydab ketayotgan 15 yoshli B.K. boshqaruvidagi ehtiyotsizligi oqibatida yonlab o‘tayotgan vaqtda avtobusning chap yon qismiga urilgan.

Oqibatda 2 kishi jarohatlangan va o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Avvalroq Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют