» » Farg‘onada “Kamaz” Nexia’ni urib yuborishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada “Kamaz” Nexia’ni urib yuborishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Farg‘onada “Kamaz” Nexia’ni urib yuborishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 14-noyabr kuni soat soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Yu.M. “Kamaz” yuk mashinasini O‘zbekiston tumani, Yakkatut—O‘qchi yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, O.T. boshqaruvidagi Nexia’ning old qismiga urilgan.

Oqibatda Nexia yo‘lovchilari 58 yoshli Q.T. va 59 yoshli X.O. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddada muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют