» » Samarqandda yuz bergan mudish YTH oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘ldi (video)

Samarqandda yuz bergan mudish YTH oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘ldi (video)


28-may kuni Samarqand tumanidagi “O‘zbekkenti” mahallasida mudhish avtohalokat yu berdi. Yuk mashinasi ustida yuki bilan Nexia 3 avtomashinasining ustiga chiqib ketgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand tumanidagi “O‘zbekkenti” mahallasida o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 28-may kuni soat taxminan 12:00 atrofida 19 yoshli D.S. boshqaruvida bo‘lgan KAMAZ yuk mashinasi O‘zbekkenti-Qorasuv yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda ushbu yo‘lga tutashgan M-37 yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 30 yoshli Z.X. boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Z.X. voqea joyida halok bo‘lgan. Z.X.ning ikki farzandi yetim qoldi.

Mazkur holat bo‘yicha Samarqand tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi ochilgan. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют