» » Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)


O‘zbek musiqa va kino olami vakillari instagram’da juda ham faol harakat qilishadi. Bugungi kunda ularni Instagram tarmog‘ida millionlab muxlislar kuzatib borishadi. Biz ushbu tarmoqdagi eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznes yulduzlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p obunachi Shahzodada bo‘lib, uni Instagram’da 4 million follover kuzatadi.

Ikkinchi o‘rinni xonanda va aktrisa Munisa Rizayeva band qilgan bo‘lib, uni tarmoqda 3,8 million kishi kuzatadi.

Munisa Rizayevadan keyingi o‘rinni uning hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva egallagan. Uni ushbu tarmoqda 3,2 million kuzatuvchisi bor.

Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova Instagram tarmog‘ida juda ham faol, ushbu faollik uni 2,9 million obunachi yig‘ishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. U ushbu reytingda to‘rtinchi o‘rinda.

Shahzoda Muhammedovadan keyingi pog‘onani aktrisa Asal Shodiyeva 2,5 million kuzatuvchisi bilan band qilib turibdi.

Asal Shodiyevaning eri, xonanda va aktyor Shohruhxonni Instagram olamida Asal Shodiyevadan 100 000 kam obunachi kuzatadi. Xonandalar Shohruhxon, Nilufar Usmonova hamda Lola 2,4 million kuzatuvchiga ega bo‘lib, ular bu reytingda oltinchi, yettinchi va sakkizchi o‘rinni bo‘lishib turmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev hamda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ham bu borada bir xil natijani qayd qilishgan. Ular Instagram’da 2,3 million folloverga ega. Ushbu reytingda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarda bormoqda.

“Million” kulgi jamoasining sardori Davron Kabulovni o‘zbek 2,2 million kishi kuzatadi. U o‘zbek boshlovchilari orasida bunday natijani qayd etgan yagona shoumen. Reytingda esa o‘n birinchi o‘rinda.

Aktrisa Shahzoda Matchonova hamda qiziqchi Halimaxonimni Instagram’da 2,1 million obunachisi bor. Ular reytingda hozircha o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Xonanda Manzura hamda aktrisa Durdona Qurbonova ushbu reytinda 14 va 15-o‘rinni band qildi. Buning uchun ularga 2 million obunachi kerak bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют