» » Dizayner Range Rover sedanining zamonaviy loyihasini taqdim etdi (foto)

Dizayner Range Rover sedanining zamonaviy loyihasini taqdim etdi (foto)


Rossiyalik dizayner Igor Krasnov Land Rover markasi ostidagi sedanni tasavvur qilib, uning suratlari bilan bo‘lishdi. Krasnovni Range Rover’ning to‘rtingchi avlodi ilhomlantirgan: yo‘ltanlamas old tarafidan virtual sedan bilan bir xil ko‘rinishga ega, kuzovning orqa tomoni esa noldan boshlab chizilgan, deb xabar beradi Cardesign.

Igor Krasnovning baholashicha, standart g‘ildirak bazasiga ega Range Rover sedanining uzunligi 5,4 metrga yetadi, unga Rolls-Royce Ghost asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin edi. Dizaynerning ta’kidlashicha, u mazkur markaning sedani loyihasi ustida anchadan buyon bosh qotirib keladi, chunki Range Rover yo‘ltanmasining uzunchoq old tomonida va kuzovining silliq chizgilari yengil modellar uchun ham to‘g‘ri keladi.

Krasnov Range Rover sedani bilan birga, orginal g‘ildiraklarga ega SVR versiyaning “o‘qlangan” raqamli modelini ham yaratdi. Tashqi ko‘rinishidan ikkala modifikatsiya ham ajoyib ko‘rinishga ega: bamperlarining shakli va optikasi sabab Land Rover brendini orqa va oldidan bemalol ajratib olsa bo‘ladi.

Shuningdek, modelda Britaniya bayrog‘i ramzi sifatida yaratilgan old qanotlaridagi “jabralari” ham saqlab qolingan.

Land Rover kompaniyasi yengil modellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi, axir sedanlar uchun “qarindoshi” Jaguar markasi javob beradi. Buning ustida yengil modellarga bo‘lgan talab kamayib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют