» » Range Rover yangilangan Evoque krossoverini namoyish etdi

Range Rover yangilangan Evoque krossoverini namoyish etdi


Range Rover kompaniyasi Evoque krossoverining yangi avlodini taqdim etdi. Yangi avtomobil bir nechta yorqin detal bilan zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Krossover Land Rover’ning Premium Transverse Architecture modul platformasi asosiga qurilgan. Avtomobil faqat besh eshikli talqinda taqdim etiladi.

Krossoverning gabarit uzunligi 4371 millimetrni, eni 1904 millimetrni, balandligi esa 1649 millimetrni tashkil qiladi.

Uch hamda to‘rt silindrli Ingenium benzin va dizel dvigatellari avtomobilga o‘rnatiladi. Ularning kuchi 150, 180 va 240 ot kuchiga teng. Dizel talqini uchun esa 200, 250 va 300 ot kuchli motorlar o‘rnatiladi.

Avtomobillar Yevropa bozoriga 2019-yilning bahorida chiqariladi. Mashinaning boshlang‘ich narxi 37350 yevroni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют