» » Xorazmda harbiy qismdagi karantindagilar orasida koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi

Xorazmda harbiy qismdagi karantindagilar orasida koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar shtabida 14-aprel kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Xorazmdagi harbiy qismda koronavirus tarqalgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berildi.

“22-mart kuni Moskva—Urganch (239 nafar) va Novosibirsk—Urganch (253 nafar) yo‘nalishidagi charter aviareyslarida jami — 492 nafar fuqaro Shovot tumanida joylashgan 49093-sonli harbiy qismdagi karantin gospitaliga joylashtirildi. 23—24-mart kunlari ushbu harbiy qismdagi karantin punktida 492 nafar fuqarodan COVID-19 koronovirus kasalligini aniqlash maqsadida tekshirish uchun namunalar olindi.

25—27-mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga asosan 7 nafar musbat natija qayd qilindi va u yerdagilar ‘Yoshlar’ va ‘Hayot-NN’ mehmonxonalari, Xonqa sanatoriysiga, TTA Urganch filiali klinikasiga, TATU Urganch filiali yotoqxonasiga ko‘chirildi. Hozir harbiy qismda fuqarolar qolmagan”, — deydi Nurmat Otabekov.

Shuningdek, Nurmat Otabekov Toshkentdagi 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopilganini tasdiqlagan.

Mavzuga doir: Buxoroda koronavirusga chalingan to‘rt kishi sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha sog‘ayganlar soni 89 nafarga yetdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют