» » Erondagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi

Erondagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi


Erondagi kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi, bedarak yo‘qolganlar soni 22 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Asna agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Avvalroq tabiiy ofat oqibatida 35 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi.

Suv toshqinlari ikki kundan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irdan keyin, mamlakatning shimoli-g‘arbida sodir bo‘ldi. Urmiya ko‘liga tushadigan daryolar sathidan suv chiqib ketgan, suv ko‘priklarni vayron qildi va transport vositalariga zarar yetkazdi.

Tabiiy ofat oqibatida Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Azarshahr va Ajabshir shaharlari, shuningdek, G‘arbiy Ozarbayjon, Kurdiston, Ardebil va Zenjon viloyatlari ayniqsa zarar ko‘rgan.

Zarar yetgan viloyatlarda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. U yerga qutqaruvchi va shifokorlar yuborildi, bedarak yo‘qolganlar qidiruvi tashkil etildi.

Yomg‘ir va kuchli shamol 14-aprel kuni Eronning shimoli-g‘arbida boshlandi. Sinoptiklarga ko‘ra, yomg‘ir 16-aprel kuni oxirigacha davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют